O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
29 avgust 2001 yil 260-II-sonli
"Birjalar va birja faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYaTI TO'G'RISIDA (yangi tahriri)
O'zRning 10.10.2006 yil O'RQ-59-son Qonunining 1-moddasiga asosan tahrirga o'zgartirishlar kiritildi
(Ko'chirmalar)
8-modda. Birja tovari
Belgilangan tartibda birja savdolariga chiqarilgan muayyan tur va sifatdagi tovar, shu jumladan tovarga doir standart kontrakt birja tovari hisoblanadi. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk ob'ektlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja tovari bo'lishi mumkin emas.